Category Archives: Yangiliklar

Insonga o’xshagan robotlar birinchi beshlig

Robototexnika sohasidagi ilk bilimlar insoniyatga ma`lum bo’lgach, olimlar odamga o’xshash mexanizmlarni ishlab chiqishga yaxlit bir sohani bag’ishladilar. Sun`iy idrokning yaratilishi kompyuter muhandislari va dasturchilarning asosiy maqsadlaridan biridir. Ular bizdan shu qadar uzoqmi? Maqolada keltirilgan robotlar bo’yicha fikr yuritadigan bo’lsak, mikrosxema va simlardan yaratilgan birinchi sun`iy gumanoid deyarli tayyor.

Continue reading Insonga o’xshagan robotlar birinchi beshlig

3D-printerda ko’zi ojizlarga ko’rish imkonini berishi mumkin bo’lgan sun`iy ko’z bosildi

Фото: University of Minnesota

AQShning Minnesota universiteti olimlari 3D-printerda ko’zi umuman ko’rmaydigan odamlarga ko’rish imkonini berishi mumkin bo’lgan bionik ko’zni bosib chiqarishdi. Implantni yaratish uchun bir soatga yaqin vaqt ketgan. Continue reading 3D-printerda ko’zi ojizlarga ko’rish imkonini berishi mumkin bo’lgan sun`iy ko’z bosildi

NASA Somon yo‘lining ko‘rinmas bulutlari xaritasini tuzdi

NASA olimlari Yer atrofida joylashgan, ammo ko‘zga ko‘rinmaydigan chang bulutlari xaritasini tuzdi. Loyiha Yer observatoriyasi yordamida amalga oshirilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Bunday bulutlar dengizdan ko‘tariladigan tuzdan, o‘rmon yong‘inlaridan chiqadigan qora qurum va og‘ir sanoatdan ajralib chiqadigan changli ajralmalardan iborat.

Xarita ustida olib borilgan ishlar davomida turli datchiklardan, shu jumladan, Aqua va Terra yo‘ldoshlaridagi MODIS datchiklaridan olingan ma’lumotlar birlashtirilgan. Tasvirga rang qo‘shish uchun Yerdagi datchiklar ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Rang tufayli kichik birliklarning kelib chiqish tabiatini farqlash mumkin. Qizil rang bilan Shimoliy Amerika ustidagi o‘rmon yong‘inlari tutunidan paydo bo‘lgan massa ifodalangan.

Moviy rang Yaponiyadagi bo‘ronlardan kelib chiqqan, uning natijasida atmosferaga dengiz tuzi ko‘tarilgan.

Qirmizi rang esa cho‘l shamollari uchirgan qum changlarini aks ettirgan. Ular Afrikadagi Sahro cho‘li ustida, shuningdek, Xitoyning shimoli-g‘arbida joylashgan.

WhatsApp maxsus xizmatlarga foydalanuvchilarning yozishmalarini o‘qish imkoniyatini beradi

WhatsApp messenjerida foydalanuvchilarning yozishmalari endi end-to-end (ikki boshi ochiq) turdagi shifrlanish bilan himoyalanmaydi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Shu tariqa, maxsus xizmatlar barcha foydalanuvchilarning yozishmalarini osonlik bilan qo‘lga kirita oladi. Bunday chorani messenjer yaratuvchilari WhatsApp’ning egasi bo‘lgan Facebook’ning talabi bilan qo‘llashga majbur bo‘ldi.

Facebook asoschisi Mark Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadam Amerika hukumati talabi bilan tashlangan. Shu sababli 2019-yildan dasturning zaiflashtirilgan shifrli versiyasi paydo bo‘ladi, bu maxsus xizmatlar xodimlariga o‘zlarini qizitirgan foydalanuvchilar haqida hech qanday to‘siqsiz ma’lumot olib, shu tariqa, terrorchilar yoki ruhiy muammosi bor odamlarning xatti-harakatlari oldini olish imkonini beradi.

Shuningdek, u kompaniya ommabop messenjerdan daromad olishi uchun WhatsApp’da tez orada reklama paydo bo‘lishini aytdi.