Category Archives: Yangiliklar

Amerikalik fuqaro foydalanuvchilarni kuzatgani uchun Google’ni sudga berdi — yangiliklar

AQShning San-Diyego shahrida yashovchi Napoleon Pataksil Google kompaniyasini Android va iOS foydalanuvchilari harakatini kuzatganlikda ayblab, sudga berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.

Da’vogarning aybloviga ko‘ra, kompaniya foydalanuvchilarni agar ular o‘zlari bo‘lgan joylar tarixini o‘chirib qo‘ysa, ularni kuzata olmasligiga yolg‘ondan ishontiradi.

Da’voda aytilishicha, Google foydalanuvchilarning shaxsiylik prinsipini buzmoqda, chunki bu funksiya o‘chirib qo‘yilganda ham kompaniya ularning harakatini kuzatishda davom etadi.

«Real»ga faqat PSJ etakchisi kerak

 

Madridning “Real” klubi PSJ etakchisi Neymar uchun 300 million evro to’lashga tayyor. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko’ra, Neymar “qaymoqranglilar” qiziqayotgan yagona futbolchi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq “qirollik klubi” “Valensiya” hujumchisi Rodrigoni o’z safiga qo’shib olishi to’g’risda xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, “Real” “Selta” futbolchisi Yago Aspas bilan ham qiziqayotgan edi. 

Rasman! Loris Karius «Beshiktosh»ga o’tdi

Liverpul” darvozaboni Loris Karius faoliyatini “Beshiktosh”da davom ettiradi.

Bu haqda Turkiya klubining rasmiy sayti e’lon qildi.

“Beshiktosh” Lorisni sotib olish sharti bilan ikki mavsumga ijaraga oldi. Hozircha, germaniyalik darvozaboni transfer huquqi “mersisaydliklar“ga tegishli.

Ma’lumot uchun, Karius 2016 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelardi.