O’zbekiston internet tezligi reytingida pastladi


Irlandiyaning Ookla kompaniyasi internet tezligi bo’yicha avgust oyi yakunlari reytingini (Speedtest Global Index) e`lon qildi.

O’zbekiston mobil internet tezligi bo’yicha 109-o’rindan joy oldi (9,63 Mbit/s).

Sim yordamida ulanuvchi internet tezligi bo’yicha mamlakat ikki pog’ona pastladi va 116-o’rinni egalladi (7,98 Mbit/s).

Mobil internet tezligi reytingida yetakchi Norvegiya (63,13 Mbit/s), keyingi pog’onalardan Qatar (63 Mbit/s), Birlashgan Arab Amirliklari (56,6 Mbit/s) joy oldi.

Sim yordamida ulanuvchi internet bo’yicha Singapur (189,38 Mbit/s), Islandiya (147,13 Mbit/s), Gongkong (139,58 Mbit/s) yetakchilarga aylandi.

7 509 thoughts on “O’zbekiston internet tezligi reytingida pastladi”

  1. <