Sun’iy ong

Open AI kompaniyasi olimlari sun`iy ongga avvaldan biror narsani o’rgatmasdan erkinlik berilsa nima bo’lishini sinab ko’rishdi.

Kompyuterga bir nechta o’yin taqdim etildi, ammo nima qilish kerakligi yoki o’yinni qanday yutish mumkinligi aytilmadi. Sun`iy ong Mario Bros o’yinining 10ta darajasini yuta oldi.

Sun`iy ongning ham xuddi odamlardagi kabi kamchiligi bor ekan: uni chalg’itish mumkin. Olimlar sun`iy ongni labirint ichida yurishga majbur qilishdi va labirint ichiga televizor joylashtirishdi: u esa televizorga chalg’ib yo’lda bir oz to’xtab qoldi.

Olimlar uning o’zini xuddi yosh bolalardek tutishi yaxshi ekanligini ta`kidlashmoqda. Ularning fikricha, ana shunda sun`iy ong tizimi ishonchli va inson boshqarishi oson bo’ladi.

5 156 thoughts on “Sun’iy ong”